Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga xush kelibsiz

25.08.2022

Tibbiyot tarixidagi ilk holat: Bemorda ham koronavirus, ham OIV, ham maymun chechagi infeksiyasi aniqlandi

Italiyada 36 yoshli bemorga bir vaqtning o‘zida ham COVID-19, ham maymun chechagi, ham OIV tashxisi qo‘yildi. Mutaxassislar buni tibbiyot tarixidagi ilk holat, deb baholamoqda.

Shu bois organizmda aniqlangan infeksiyalarning bunday kombinasiyasi bemor salomatligiga qanchalik xavfli ta'sir ko‘rsatishi xususida hali hech qanday dalillar yo‘q.

Ma'lum bo‘lishicha, Italiya fuqarosi bir muddat avval Ispaniyaga besh kunlik sayohatga borgan. Safardan qaytgach, to‘qqiz kun davomida tana harorati 39 darajaga ko‘tarilib, tomoq va bosh og‘rig‘i hamda holsizlikdan aziyat chekkan.

virus

Tibbiy tekshiruvlar davomida unda SOVID-19 qayd etilgan. Biroq shu kunning ikkinchi yarmida bemor chap qo‘lida toshmalar paydo bo‘la boshlagan.

Ertasi kuni esa deyarli butun tanani og‘riq beruvchi pufakchalar qoplagan. Qo‘shimcha tekshiruvlardan so‘ng u maymun chechagi virusi va OIV infeksiyasini ham yuqtirgani aniqlandi.

Aslida maymun chechagining OIVga chalingan bemorlarda qayd etilishi avvalroq ma'lum bo‘lgandi. Ammo bu kombinasiyaga koronavirus ham qo‘shilishi mutaxassislar uchun yangilik bo‘ldi.

Ayni paytda olimlar mazkur holatni chuqurroq o‘rganish yuzasidan tegishli tadqiqotlar olib bormoqda.