Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga xush kelibsiz

RESPUBLIKА IXTISOSLАShTIRILGАN GEMАTOLOGIYA ILMIY АMАLIY TIBBIYOT MАRKАZI DIREKTORINING OʼZBEKISTON XАLQIGА MUROJААTI

 

Qadrliyurtdoshlar!

Hurmatli opa -singillar!

Hurmatlivatandoshlar!

 

Soʼngi yillarda inson qadrini ulugʼlashga qaratilgan dasturlar doirasida gematologiya va onkogematologiya sohasini rivojlantirishga Muhtaram Prezidentimizning alohida eʼtibor qaratayotgani albatta bejiz emas.Аholiga gematologik yordam koʼrsatishni yangi bosqichga koʼtarish, kasalliklarning oldini olish va erta aniqlash tizimini yanada rivojlantirish, sohaga ilgʼor tashxis usullarini joriy etish va gematologik kasalliklarni davolashda transplantatsiya usulini rivojlantirish, gematologiya va transfuziologiya xizmatlarining moddiy-texnik bazasi hamda kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida bir qator qarorlar tasdiqlandi.

Prezidentning 2020 yil 10 fevraldagi qaroriga asosan, 2020−2024 yillarda gematologiya sohasini rivojlantirish uchun 546 mlrd soʼmdan ziyod va qariyb 71 mln dollar miqdorida mablagʼ yoʼnaltirildi.Natijada yuqori texnologiyali molekulyar genetika, sitogenetika, sitofluometriya laboratoriyasi, immunofenotiplash, HLA genotiplash laboratoriyasi, mikrobiologiya va virusologiya laboratoriyalari jaxon standartlariga mos ravishda takomillashtirildi va toʼliq ishga tushirildi.Аllogen oʼzak xujayrlar transplantatsiyasini amalga oshirish maqsadida donor va retsipientlarning HLA genotipini oʼtkazish uchun I sinf - Kross Match usullari va II- sinf yuqori genotiplash usullari amaliyotga tadbiq etildi.

Oʼzbekistonda ilk bor allogen (donordan) oʼzak xujayralari transplantatsiyasi amaliyotlari toʼliq yoʼlga qoʼyildi va 30 nafar Oʼtkir leykoz kasalligiga chalingan bemorda, xamda autologik (oʼzining) oʼzak xujayralari transplantatsiyasi amaliyoti 125 nafar mieloma kasalligiga chalingan bemorlarda oʼtkazildi.

Onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida 9131 nafar axoli skrining ravishda umumiy qon taxlili va morfologik tekshiruvlaridan oʼtkazildi. Skrining natijasida 1 649 nafar (20,3 foiz) kasallik belgilari aniqlanib, davolash va sogʼlomlashtirish tadbirlari oʼtkazildi.Samarqand viloyati gematologiya filialida mielom kasalligida “autologik oʼzak xujayralari transplantatsiya” amaliyotlari toʼliq yoʼlga qoʼyilib, 3 nafar bemorga transplantatsiya amaliyoti bajarildi. Xozirda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Buxoro va Namangan viloyatlarida xam “autologik oʼzak xujayralari transplantatsiya” amaliyotlarini yoʼlga qoʼyish ishlari olib borilmoqda.Ixtisoslashgan gematologiya xizmatini aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida Markaz amaliyotiga 26 turdagi yuqoritexnologik diagnostika va davolash, viloyat darajasida 11 turdagi, tuman darajasida 6 turdagi diagnostika va davolash amaliyotlari tatbiq qilinadi va buning natijasida, yiliga 10ming aholini oʼz yashash xududida malakali tibbiy xizmat koʼrsatilishiga erishildi.Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan markazda 12 ta yangi zamonaviy infrstruktura yaratildi va yuqoritexnologik asbob uskunalar bilan taʼminlandi. Jaxon standartlari talabiga javob beradigan yangi 5 qavatli aseptik bino qurilish ishlari jadal ketyapti.

Bir soʼz bilan aytganda, Muhtaram Prezidentimizning, gematologiya markaziga buyurgan tashriflarida «Koʼngillaringiz boʼlinmasin. Bir oʼzlaringiz emassizlar. Hammamiz hamdardmiz” degan taʼbirlari naqadar xaqiqat ekanligi oʼz isbotini topdi. Bemorlar xamda xizmat qilayotgan xodimlar uchun yaxshi sharoitlar yaratildi. Shifokorlarning oʼz kasbiga mehri ortdi, ularning bilim va malakasi, ish tajribasi yuksalmoqda, dunyoqarashi, ongi bugun butunlay boshqacha.Аholiga yuqori darajali gematologik yordam koʼrsatish sifatini yanada oshirish maqsadida 2025 yilda amalga oshirdigan ishlar yuzasidan quyidagi ustuvor maqsad va bir qator rejalarni belgilab oldik.Birinchidan, xududlarda 20 nafar, Markazda 75 nafar va xorijda 20 nafar mutaxassislar malaka oshirish kurslarida 15 turdagi amaliyotni oʼzlashtiradi.Shuningdek, 20 nafar mutaxassislar tomonidan onkogematologiya, oʼzak xujayralar transplantatsiyasi yoʼnalishda ilmiy izlanishlar olib boriladi.Ikkinchidan, vazirlik, xududiy hokimlik va markaz tomonidan imzolangan uch tomonlama shartnoma asosida xokimlik tomonidan viloyat va tumanlarda gematologik va onkogematologik kasalliklar